Kaliningrad

Kaliningrad (1946 y. 4 iyulga- cha Kenigsberg) — RFdagi shahar, Kali- ningrad viloyati markazi. Mm.Kalinin nomiga qo’yilgan. Pregolya daryosining har ikki sohilida. Boltik, dengi- zi bo’yidagi muzlamaydigan Baltiysk port shahri b-n chuqur kanal orqali bog’langan. T.y. tuguni. Aholisi 413 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Baliq ovlash va transport floti bazasi. Ma- shinasozlik va metallsozlik (kema tu- zatish, vagonsozlik, “elektrosvarka”, avtoagregat z-dlari bor, baliqni qayta ishlash jihozlari ishlab chikariladi), tsellyuloza-qog’oz, oziq-ovqat (shu jum- ladan, baliqni qayta ishlash), engil sanoat korxonalari bor. 3 oliy o’quv yurti (shu jumladan, un-t), 2 teatr, tarix-o’lkashunoslik muzeyi, kahrabo muzeyi mavjud. Shahar yaqinida den- giz bo’yi iqlim kurortlari joylashgan. K.ga 1255 y. qal’a sifatida asos so- lingan. 1525-1618 y.larda Prussiya gersogligi poytaxti. 1701 y.dan Prus- siya qirolligi tarkibidagi mustahkam qal’a. 1758-1762 y.darda Sharqiy Prussiyaning rus general-gubernator- ligi markazi. 1871 y.da Germaniya tar- kibiga kirdi. Kenigsberg 1945 y. apr. boshida sho’rolar armiyasi tomonidan shafqatsiz bombardimon qilinishi na- tijasida shaharda tarixiy me’moriy yodgorliklar saqlanmagan. Aholisi esa butunlay ko’chirib yuborilgan. 1945 y. Potsdam konferentsiyasi karoriga aso- san, Kenigsberg atrof hududlari b-n birga sobiq Ittifoq tarkibiga o’tdi. K. Kaliningrad viloyati tarkibida alohida iqtisodiy r-n maqomini olgan.