Kaliy sulfat
Kaliy sulfat, K2SO4 – ka- liyli o’g’it, sulfat kislota (H2SO4) ning kaliyli tuzi. Sarg’ish tusda tov- lanadigan kristall, sochiluvchan oq ku- kun, namiqmaydi, mushtlanib qolmaydi, suvda yaxshi eriydi. O’g’it sifatida ish- latiladigan texnik holdagi K.s. tar- kibida 48-52% kaliy oksid (K2O) bor. Glazerit (3K2SO4 • Na2SO4), kainit(K2SO4 – MgCl2 – 6N2O) va shenit (K2SO4 • MgSO2 • 6N2O) kabi tarkibida ko’p minerali bo’lgan kaliyli rudalarni kompleks holda qayta ishlab olinadi. Xlor b-n sho’rlangan tuproqlar uchun eng samarali o’g’it hisoblanadi. Tuprokdan ko’p miqdorda oltingugurt oluvchi dukka- klilar (beda) va karamguldoshlar (karam, turneps, xantal va b.) hosildorligiga K.s. tarkibidagi sulfat ioni yaxshi ta’- sir qiladi. Samaradorligiga ko’ra kaliy xloriddan qolishmaydi. G’o’za va b. ekin- lar ekiladigan dalalarda kuzgi shudgor- lashda asosiy o’g’it sifatida, shuningdek, g’o’zaning shonalash — ko’sak tugish faza- sida oziq sifatida beriladi. K.s. kaliy xlorid mikdorida qo’llaniladi.