Kaltsit
Kaltsit (lot. calx (calcis) — ohak), ohakli shpat — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Saso,. Trigonal singoniyali. Rombsi- mon, plastinkasimon, qisqa to’rtburchak, prizmatik, ustunsimon kristallar. Qattiqligi 3-3,5. Zichligi 2,7 g/sm3. Rangsiz yoki oq, ko’pincha, qo’ng’ir, kul- rang, sariq, pushti, qizil, qora. Rangi- ning har xilligi tarkibidagi mine- ral qo’shimchalariga bog’liq. Shishadek yaltiroq. Qizdirilganda (825°) par- chalana boshlaydi. Kislotalarda kar- bonat angidrid chiqarib eriydi. K.ni tola, tomir, unsimon, Islandiya shpa- ti turlari ma’lum. Er po’stida eng ko’p tarqalgan minerallardan. K. karbonatit, ohaktosh, bo’r, mergel, marmar kabilar- ning asosiy tarkibiy qismi. Oxaktosh- li g’orlarda stalagmit va stalaktit sha- klida ko’p uchraydi. U ohaktoshli termal suvlarda cho’kib va nurash jarayonlari- dan, ohaktoshlarning qayta kristalla- nishidan hosil bo’ladi. Dunyoning deyar- li hamma joylarida bor. O’zbekistonda Zarafshon-Hisor, Piskom-Ugom, Nu- rota, Zirabuloq-Ziyovuddin, Qurama va b. tog’larda ko’p. K. ning shaffof xili — Islandiya shpati optik (mikroskop va b.) asboblarda ishlatiladi. Shuning- dek, K. Portland tsement i.ch.da, ohakli tuproqlar tayyorlash uchun, rudalardan temir va b. metallarni eritib olishda flyus sifatida ishlatiladi.