KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTI
KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUKOFOTI – adabi- yot, san’at va me’morlik sohasidagi dav- lat mukofotlaridan biri. 1997 y. 23 yanv. da ta’sis etilgan. Sharq uyg’onish davri etuk san’atkori, buyuk miniatyurachi musavvir Kamoliddin Behzod nomi b-n yuritiladi. Mukofot tasviriy va amaliy san’at, xalq hunarmandchiligi sohasida yaratilgan, milliy istiqlol g’oyalarini yorqin badiiy shakllarda aks ettirgan, O’zbekistonning buyuk tarixini va hoz. yuksalish jarayonlarini haqqoniy obraz- lar orqali gavdalantirgan va keng ja- moatchilik tomonidan tan olingan etuk san’at asarlari uchun beriladi. Muko- FOTga so’nggi to’rt yil mobaynida yaratil- gan, ko’rgazmaga qo’yilgan yoki boshqa tarz- da e’lon qilingan monumental tasviriy san’at, me’morlik-badiiy ta’mirlash va haykaltaroshlik asarlari ko’rib chiqish uchun qabul qilinadi. Mukofotga taqdim etish to’g’risidagi qarorlar vazirliklar, davlat qo’mitalari, ijodiy uyushmalar, respublika va xalqaro jamoat tashki- lotlari rahbar organlari tomonidan qabul qilinadi. O’zRning boshqa Davlat mukofotiga ilgari sazovor bo’lgan asar- lar bu mukofotga tavsiya etilmaydi. Bir mukofotga talabgorlar soni 3 kishidan oshmasligi lozim. Mukofotni O’zR Pre- zidentining farmoni b-n har uch yilda bir marta Mustaqillik bayrami ara- fasida berish tartibi joriy qilingan. Mukofotning har biri 80 ta eng kam oylik ish haqi miqdorida belgilangan. Mukofotga sazovor bo’lgan ijodkorlar- ga tantanali vaziyatda sovrindorlik yorlig’i va faxriy nishon topshirila- Di. Mukofot sovrindorining nisho- ni ko’krakning o’ng tomoniga taqiladi. Mukofot takroran berilmaydi. 1997 y.da Toir Boltaboev, Xurshid Nazirov va G’ayrat Kamolov, Anvar Ilhomov va Baxtiyor Rahmonberdiev, Raimberdi Matchonov mukofotga sazovor bo’lgan.