Kapsa madaniyati

Kapsa madaniyati – shim. Afrika va O’rta dengiz mamlakatlari xalqlarining paleolit davri oxiri va mezolit davriga oid arxeologik ma- daniyati. Tunisdagi Al-Mekta makoni (Gafsa yoki kapsa) nomidan. K.m.dan chaqmoqtoshdan yasalgan ko’plab qurollar, tuyaqush tuxumi po’chog’idan qilingan idish siniqlari topilgan. K.m.ni yarat- gan xalklar ovchilik va terimchilik b-n shug’ullangan. Kamon va nayza shim. Evropadagiga nisbatan oldinroq pay- do bo’lgan. 2-3, hatto 5 m balandlikka etadigan, ba’zan minglab metr joyni egallab yotgan chig’anoqlar b-n hayvon suyaklarining birga uchrashi K.m.ning xarakterli xususiyatidir. Shim. Afri- ka va Sharqiy Ispaniya qal’alaridagi qad. tasvirlarni kapsaliklar yaratgan deb taxmin qilinadi. O’rta dengiz mam- lakatlarida yashovchi xalklar madaniya- tidagi umumiy xususiyatlar shu joylar- dagi xalqlarning o’zaro yaqin aloqada bo’lganligini ko’rsatadi.