KO’P YILLIK KRIOLITOZONA
KO’P YILLIK KRIOLITOZONA -er po’stining yuqori qatlami. Unda ko’p yillar davomida barqaror manfiy yoki nol t-ra sharoitida er osti muzi- ning yil bo’yi va uzoq (ikki yildan kam bo’lmagan) muddat saqlanishi. K.y.k.ning ustki qismini ko’p yil- lik muzlagan tog’jinslari va er osti muz bo’laqlari qoplagan. Ular litosfera muzlagan zonasi, quyida — muzlagan tor jinslari va yaxlamaydigan kuchli mine- rallashgan er osti suvlari gorizontini hosil qiladi. K.y.k.ning yuqori chegara- si subglyasial sharoitlarda muz b-n tog’ jinslari tutashgan yuzadan utadi. Er yuzasida o’rtacha yillik t-raning manfiy bo’lishi K.y.k. vujudga kelishi uchun za- rur sharoit yaratadi. Kuyi chegarasi esa 0° geoizotermadan utadi, u tog’jinslari yuqori qatlamining issiqlik va namlik almashinishi sha-roitlariningo’zgarishi b-n asta-sekin o’z holatini o’zgartiradi. Nol izotermaning er yuzasidan chuqurligi mo”tadil kengliklarda bir necha m dan yuqori kengliklarda bir necha km gacha o’zgarib turadi. Jan. yarim sharda K.y.k. Antarkti- daning muz qoplami ostida va uning shelf zonasida, shuningdek, Jan. Ame- Rika, Afrika va Avstraliyadagi tog’ muzliklari va mavsumiy eriydigan tuproq qatlami ostida mavjud. Shim. yarim sharda K.y.k. materiklarning keng qutb osti mintaqasida, qor chizig’idan yuqoridagi tog’tepalarida, Arktika den- gizlari shelfining ancha qismida, Gren- landiya, Islandiya va shim. Muz okeani orollarida tarqalgan. K.y.k. tarqalgan maydon muzlagan relikt qatlamlarni qo’shib hisoblanganda quruqlikning cho- rak qismidan ko’prog’ini tashkil qiladi. K.y.k., ayniqsa, iqlimning global so- vushda yaqqol namoyon bo’lgan. Erning Geo- logik tarixi davomida K.y.k.ning may- doni bir necha marta o’zgargan. “K.y.k.» terminini 1955 y. rus olimi P. F. Shvesov taqlif etgan. K.y.k. ni tadqiq etishda rus olimlaridan M. I. Sumgin, N. I. Tolstixin, amerikalik S. Myuller, frantsuz A. Kayo, ingliz J. Teylor, Shve- tsiyalik g. Beskov, kanadalik J. R. Makkey a b. salmoqli hissa qo’shdilar.