KO’KCHA-3 QABRISTONI

KO’KCHA-3 QABRISTONI – Tozabog’yop madaniyatiga mansub jez davri qabristoni (mil. AV. 13-11-a. lar). Xorazmdagi Ko’kcha tog’idan 5 km Jan.rokda, Amudaryoning qad. o’zani — Oqchadaryoning Jan. havzasida. 1954-59 y.larda SP. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya eks- pedisiyasi topib o’rgangan. K.-Z q. 100 dan ortiq dafn qilingan mayyitlar qabrlaridan iborat bo’lib, ulardan 74 tasi qazib ochildi. Ba’zi qabrlarga bit- tadan va ayrimlariga ikkitadan turli jinsga mansub o’liklar ko’milgan. Er- kaklar o’ng yoni, ayollar esa chap tomoniga yotqizib qo’yilgan. Jasadlar boshi te- pasida 1 yoki 2 ta idish mavjud. Ayollar dafn qilingan qabrlardan jez bilaguzuk va ziraqlar, jez va aqiq munchoqlar, er- kaklar ko’milgan qabrlardan esa dastasi suyakdan qilingan to’rt qirrali jez bi- gizlar, jez pichoqlar hamda turli-tuman qurollar topildi. K.-Z q.dan chiqqan so- Pol idish va jez buyumlar sirti ko’pincha ilon izi yoki boshoqsimon shakllar b-n bezatilgan. Tadqiqotlarga ko’ra, ko’kchaliklar, asosan, chorvachilik qisman Daryo o’zanlari bo’yida dehqonchilik b-n mashg’ul bo’lgan. Ular Volga bo’ylarida yashagan Yog’ochband madaniyati va Andro- pove madaniyatiga mansub qabilalar b-n yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lgan.