Ko’zoynak
Ko’zoynak — ko’zning ko’rish qobiliyatidagi nuqsonlarni tuza- tish, uni mexaniq shikastlanishdan, yorug’lik, chang va b.dan himoya qilish uchun qo’llaniladigan oddiy optik asbob. Bi- rinchi K. 13-a.da niderdandlarda ishla- tilgan. K. linza (oynak) va gardishdan iborat. Bosh fokusining holatiga qarab oynak yoki linza yig’uvchi (qanariq) va so- chuvchi (botiq) xillarga bo’linadi. K.da ishlatiladigan linzalar sferik sirti- ning botiklik yoki qavariqlik daraja- si (egrilik radiusi) turlicha bo’ladi; sirtning egrilik radiusi katta bo’lsa, linzaning nur sindirish kuchi — optic kuchi katta bo’ladi. Optik kuchi kichik yig’uvchi oynak uzoqdan ko’rishda, optic kuchi katta sochuvchi oynak esa yaqindan ko’rishda qo’llanadi. Optik kuchi kat- ta bo’lgan ko’zni tuzatish uchun manfiy optik linza (botiq), optik kuchi kichik bo’lgan ko’zni tuzatish uchun musbat op- tik linza (qavariq) tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, K. linzalarining sferik va tsilindrik xillari ham bor. Sferik K.da nur sindirish kuchi barcha yo’nalishlarda bir xil, tsilindrik K. da esa turli yo’nalishlarda turlicha, (TSI- lindrik linzalar ham qanariq va botiq) bo’ladi; astigmatizmga chalingan ko’zning optik nuqsonini yo’qotishda tsilin- drik, sferik-tsilindrik K. qo’llanadi. Linzaning nur sindirish kuchi (optic kuchi) dioptriyalarda o’lchanadi. Ko’rish quvvati keskin pasayganda teleskopik K. (buyumning ko’zning to’r pardasida hosil bo’ladigan tasvirini yaxshilash uchun 2-3 juft linzadan iborat K.) dan foydalaniladi. Ko’z g’ilay bo’lganda pri- zmatik K. taqish tavsiya etiladi. Himoya K. har xil maqsadda, mas, ko’zni uta rav- Shan yorug’likdan (payvandlashda), uni mexaniq shikastlanishdan, quyosh nuri va b. ta’siridan, chang, gaz va h.k. dan himoya qilishda, shuningdek, suvda suzishda taqiladi. K. gardishi oynaklarning ko’zga nis- batan to’g’ri joylashuviga yordam beradi. Gardish tanlanganda kanshar balandligi, oynaklar b-n qorachiqlarning markaz- lari o’rtasidagi masofa hisobga oli- nadi. Ko’z optik nuqsonsiz (sog’), ya’ni qorachig’ining oldi va orqa fokuslari orasidagi masofa teng (23 mm ga yaqin) bo’lsa, Ravshan ko’radi. Buyumdan keluv- chi nurlar fokusi ko’zning to’r pardasiga tushea, ko’z buyumni aniq ko’radi. Nur- ning fokusi tur parda oldiga (yaqindan ko’rish) yoki uning orqasiga (uzoqdan kurish) tushishi mumkin. Har ikkala holda buyum tasviri tur pardada aniq hosil bo’lmaydi, ko’z o’tkirligi kamay- gan hisoblanadi. Bu nuqson K. b-n tuza- tiladi (korrektsiyalanadi). K. b-n ko’zni korrektsiyalash uchun vrach-okulist Max- sus asbob yordamida linzalar tanlay- Di. Bunda vrach ko’zning o’ziga xos optic nuqsonlarini, kishining yoshini, kasbi- ni va b. shaxsiy xususiyatlarini hisobga oladi. Vrach maslahatisiz boshqalarning K.idan foydalanish mumkin emas.