Ko’zaliqir
Ko’zaliqir — qad. Xorazmda bo’lgan shahar-qal’a xarobasi (mil. AV. 1-ming yillikning 1-yarmi). Jayhun (Amudaryo)ning ko’hna o’zani bo’yida joy- lashgan. 1939 y. S. P. Tolstoe boshchili- gidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedisiyasi topgan, 1950, 1953-54 y.larda qazish ishlari olib borgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida quyidagilar aniqlangan: K. uchburchak shaklidagi maydon (1000×400) teva- ragi bo’ylab paxsadan qurilgan usti yopiq bir necha qator yo’laqlar (umumiy o’z. 6-7 km) dan iborat turar joylar bo’lib, ularning ichkarisiga yuqoridagi tuynuklar orqali kirishgan. Birin- chi qatordagi yo’lakning tashqi devoir Burjlar b-n mustahkamlangan, yuqori qismida qator shinaklari bo’lgan. Yo’laqlarning ichi aloqida-alohida tu- rar joylarga bo’linmaganligi ularda bir urug’yoxud o’zaro qarindosh urug’lar guruhi yashaganligini ko’rsatadi. K. aholisi o’sha davrlardagi muttasil bosqinlardan o’zlarini hamda jamoa- ning asosiy boyligi — chorvani himoya qilish uchungina ana shunday uzundan- uzun, qorongu yo’laklarda yashashga maj- bur bo’lgan. K. ko’p jihatdan Avestoda ta’riflangan narga mos keladi. K.dan skiflarga xos jez kamon o’qlari, kulol- chilik dastgohida yasalgan turli sopol idish va buyumlar topilgan. Aholi K. tashqarisida dehqonchilik va chorvachilik b-n shug’ullangan qamda biror xavf-xatar tug’ilishi b-n mollarini ichkariga — mazkur uchburchak maydonga xaydab kir- gan, o’zlari esa yo’laqlarda turib dush- manni daf qilgan.