Kuchumxon
Kuchumxon, Ko’chimxon, ko’chim, ku- chum (? — 1598) — so’nggi Sibir xoni (1563-98), rus qo’shinlariga qarshi ku- rashgan. K. ruslar ta’siridagi Edigar (Yodgor) ni taxtdan ag’darib, o’zi Sibir xoni bo’ldi (1563). G’ayratli va iste’- dodli K. o’z atrofiga aqlli odamlarni to’pladi va xonlik hududlarini ken- gaytirishga kirishdi. Turkiy Sibir xonligining g’arbiy chegarasi avvalgi hududi — Ural tog’larigacha etdi. Si- birni mustamlakaga aylantirish uchun intilayotgan ermak boshchiligidagi kazak qo’shinlari uning jiddiy qarshiligiga uchradi. Ermak qo’shini 1582-83 y. qishini chingi (hoz. Tyumen) sh.da o’tkazdi. K. bo’lg’usi janglarga puxta tayyorgarlik ko’rdi. Sibir xonligi b-n Buxoro xonligi o’rtasida savdo-sotiq munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Sibirda ko’plab buxorolik o’zbeklar yashagan. Buxoro xoni Abdullaxon II ga maxsus elchilar yuborilib, undan harbiy yordam so’raldi. K. Sibir xonligi- ni Buxoro davlatiga qo’shish tarafdo- ri bo’lgan. Biroq o’rtadagi masofaning juda olisligi, Abdullaxon II tomonidan Turkistonni birlashtirish uchun olib borilayotgan faol harbiy harakatlar oqibatida Sibirga o’z vaqtida harbiy yordam yuborilmadi. Ermak qo’shini to- bol daryosidan o’tib, Irtish daryosi sohilidagi Sibir poytaxti — Kashliq (Isker) sh.ni shiddatli janglardan so’ng bosib oldi (1583 y. 25 okt.). K. boshchi- ligidagi qo’shin (vogullar va ostyaklar uning ittifoqchilari edi) chekinishga majbur bo’ldi.1584 y. Buxorodan kat- ta kar-von etib keldi. K. qo’shinlari hujumga o’tib, Irtish bo’yidagi hoz. Tura sh. o’rnida ermak qo’shinini yanchib tash- lashdi (1585). Jangda bosqinchilarning boshlig’i ham o’ldirildi. N. Karamzin- ning yozishicha, 1587 y. Rus podshosi fyo- dor Ivanovich (hukmronligi 1584-98) K.ga maxsus yorliq yuborib, u agar mo- skvaga bo’ysunsa, hozirgidek Sibir xoni bo’lib qolishini ma’lum qiladi. K. javob xatida mag’rurlik b-n u Si- bir xoni ekanligini va ermakni eng- ganligini ta’kidlaydi. 1591 y. 1 avg. da K.ning o’g’li Abulxayr va ikki xotini I shim dashtidagi Chiliko’l atrofida asir olinib, Moskvaga jo’vatilgan. K. rus otryadlariga qarshi muvaffaqiyatli jang harakatlarini 1598 y.gacha davom ettirdi. 1598 y. bo’lgan janglarning bi- rida u mag’lubiyatga uchrab, No’g’ay O’rdaga chekindi va o’sha erda o’ldirildi. K.ning o’limidan so’ng ham Sibirdagi tatar va b. xalqlar ancha muddat rus askarlariga qarshi kurashdilar. Ad.: Barmankulov M., Xrustalvaya mechta tyurkov o kvadrovasii, Almati, 1999. Qahramon Rajabov.