Kremniyli jinslar

Kremniyli jinslar (sili- tsit lar) — tarkibida kremnezyom miqdori 50% va undan ortiq bo’lgan yotqiziklar. Mineral tarkibi bo’yicha opal-Kristo- balitli va xaltsedon-kvarsli guruhlarga bo’linadi. Birinchi guruhga trepel, opo- ka, geyzerit, kremniyli tuf, kremniyli konkresiya (g’udda), radiolarit va spon- golit, ikkinchisiga esa ftanit va yashma kiradi. Geyzerit va kremniyli tuf issiq buloq (geyzer) suvlarida erigan kremniy oksidining cho’kishi tufayli, kremniyli konkresiyalar esa diagenez jarayonida hosil bo’ladi. Diatomitlar bir hujayrali diatomey suv o’tlari, ra- diolyarit, spongolit, trepel va opokalar hayvon qoldikdarining to’planishidan, yashma va ftanitlar esa birlamchi krem- niyli jinslarning o’zgarishidan yuzaga keladi. Kremniyli jinslar muhim foy- Dali qazilma hisoblanadi. Zeb-ziynat buyumlari (yashma) tayyor- lashda, moy va vino mahsulotlarini to- zalashda (opoka, trepel), tsement i. ch.da va qurilish sanoatida keng qo’llaniladi. K. j. dunyo okeani cho’kindilari va ma- terik platformalarida, asosan, shim. Va Jan. yarim sharlarning yuqori kenglikla- rida keng tarqalgan, shuning-dek, ular Ge- osinklivallarda ham ancha rivojlangan. Hoz. davrda dengiz suvlari kremnezyom b-n to’liq to’yinmagan va K. j.ning xemo- gen cho’kishi sodir bo’lmayapti, faqatgina organik K. j. to’gatanmokda.