KRISHAN CHANDAR

KRISHAN CHANDAR (1913.19.11, Vazirobod — 1977.7.3, Bombey) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Hoz. za- mon urdu adabiyotining yirik vakili. Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi rahbarlaridan biri (1953). Dastlabki hikoyalar to’plami — “til- simi xayol” (1937). K.Ch.ning turli janrlarda 80 ga yaqin kitobi chop etil- gan. “Xoin”, “biz vahshiymiz” (1949) to’plamlarida Hindistonning bo’linishi (1947) va hind-musulmonlar qirg’ini mavzui yoritilgan. “Mag’lubiyat” (1958), “bo’ron kurtaklari” (1954), “kumush yara” (1964) romanlari, “ko’cha ortga qaytadi” (1961), “ikkinchi qor yog’ishdan avval” (1967) qissalari va avtobiogra- FIK qissalari (“loy o’yinchoqlar”, 1956; “Xotiramdagi chinorlar”, 1968) va b. asarlarida Kashmir xalqi hayoti aks et- tirilgan. K. Ch. “Eshakning sarguzasht- lari” (1958 — 65), “Dadar ko’prigidagi bolalar” (1958), “qog’oz qayiq” (1966) romanlaridan iborat trilogiya mualli- Fi. K. Ch. O’zbekistonda bo’lgan. Asarlari xorijiy tillarga, jumladan, o’zbek ti- liga ham tarjima qilingan. As: bir qizga ming oshiq [roman], T., 1965; Otash nafaslar [hikoyalar, to’plam], T., 1977; Xotiramdagi chinorlar [qissa va hikoyalar], T., 1986; Dadar ko’prigidagi bolalar [qissa], T., 1999.