Kriobiologiya

Kriobiologiya (krio… va bio- logiya) — past va o’ta past harorat (0° dan past, absolyut 0° ga yaqin)ning har xil biologik ob’ektlar va hodisalarga ta’- sirini o’rganadigan biol. fani. K.ning asosiy vazifasi past haroratda hayotning quyi chegarasini, organizmning sovuqqa va muzlashga chidamliligini aniqlash; salbiy haroratning orga-izmga zarar- li ta’sirini tadqiq qilish; xujayra va to’qimalarni sovuq urishdan himoya qilish choralarini ishlab chiqishdan ibo- rat. K.ning amaliy tomoni biologik ob’- ektlar (mas, qon, to’qimalar va organlar) ni uzoq muddat saqlash va sovuq, yordami- da davolash (krioterapiya) metodlarini tadqiq qilish, sovuqqa chidamli o’simlik navlarini yaratish, o’ta sovuq sharoitda inson faoliyatini optimallashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. K.ning ilmiy asoslari 19-a. oxirida rus fiziologi P. I. Baxmetev tomonidan yaratilgan.