KRIVOSHIPLI MEXANIZM

KRIVOSHIPLI MEXANIZM – qo’zg’almas o’q atrofida aylanib bir tur harakatni ikkinchi tur harakatga aylantiruvchi zvenosi (krivoship yoki tirsaqli val) bo’lgan mexanizm. K. m.da, odatda, aylanma va ilgarilanma kinema- tik juftlar bo’ladi. K. m.ningyassi (bar- cha zvenolari parallel tekisliklarda xarakatlanadigan) va fazoviy, 4 zvenoli va ko’p zvenoli turlari bor. Mashinasoz – likda eng ko’p tarqalgan yassi 4 zvenoli K. m. 3 guruhga: 4 zvenoli krivoship-Pol- zunli, sharnirli va krivoship-kulisali turlarga bo’linadi. Krivoship — Pol- zunli mexanizm aylanma harakatni to’g’ri chiziqli ilgarilama-qaytma yoki aksincha harakatga aylantiradi. Uning aksial va dezaksial turlari bor; porshenli dviga- tellar, kompressor, presslar, vasoslar va b.da qo’llaniladi. Krivoship Koro- misloli mexanizm aylanma harakatni tebranma xarakatga aylantiradi. To’quv avtomatlaridagi 4 zvenoli krivoship- koromisloli mexanizm batan mexanizmi deyiladi. Bunday mexanizmlar hamir qorish mashivalarida ham ishlatiladi. Tarkibida 2 krivoship bo’lgan 4 zveno- li mexanizm qo’sh krivoshipli mexanizm deyiladi (mas, sharnirli antiparal- lelogramm mexanizmi). K. m . ning yana boshka turlari ham bor (yana q. Kuliskali mexanizm, sharnirli mexanizm).