Kosonsoy tumani

Kosonsoy tumani – Namangan viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashqil etilgan. 1962 y. 24 dek.da Chust tumani b-n birlashtirilgan. 1973 y. 28 dek.da yana qaytadan tuzilgan. K.t. viloyat- ning shim. qismida, Qoratog’etaqlarida, o’rtacha 790 m balandlikda joylashgan. Jan.dan Namangan sh., sharqdan viloyat- ning Yangiqo’rg’on, Jan.-g’arbdan Chust tu- manlari, shim. va g’arbdan Qirg’iziston Respublikasi b-n chegaradosh. Mayd. 0,51 ming km2. Aholisi 141,5 ming kishi (2002). Tumanda 1 shahar (Kosonsoy), 7 qishloq fuqarolar yig’ini (Yoshlik, ko- son, Tergachi, Chinovul, Shirin, Qorasuv, Ko’kumboy) bor. Markazi — Kosonsoy sh. Tabiati . Tuman hududi tog’li r-nlar zonasiga kiradi. Kosonsoy va uning irmoqlari oqib o’tgan Qoratog’, Mug’, Ko’kumboy qirlari, dam, Isporan, yoyiq, Qisiq, Qoranko’l, sarson va Ertikan, bo- Yoston adirlari bor. Tuman qududining qariyb 1/3 qismi adir. Iqlimi keskin kontinental. Yillik o’rtacha t-ra 12°, yanv.ning o’rtacha t-rasi — g, minimal t-ra — 14°, maksimal t-ra 39—4G. Ve- getasiya davri 219 kun. Yillik o’rtacha yog’in 315 mm. Tuman iqlimining shak- llanishida shim.dan keladigan Arktika havo oqimi, Markaziy Osiyo hududida hosil bo’ladigan mo”tadil quruq havo va Jan.dan harakatlanuvchi tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Tuman Xu- dudidan Kosonsoyning qariyb 40 km qismi hamda Chust (16 km), Tyoshiktosh (41 km), Ko’kumboy (12 km) kanallari o’tgan. Ulardan sug’orishda foydalaniladi. Ko- sonsoy (Urtato’qay), Qorasuv, Ertikan suv omborlari qurilgan. Tuprog’i, aso- san, bo’z tuproq, shim. qismida qisman qo’ng’ir va tog’oldi tuproqlari. Daryo vo- diylarida jiyda, tol, terak, turang’il, yulg’un, oqtikan, maymunjon va b. o’sadi. Tog’larda do’lana, sirach, pista, yong’oq, na’matak, archa, Lola, gulbarra, ravoch, qir va adirlarda shuvoq, sho’ra, yantoq, qo’ytikan, tekislik joylarda kurmak, qamish, ajriq, ariq bo’ylarida esa yalpiz uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo’ri, sug’ur, quyon, Olmaxon, qumsichqon, turli xil ilonlar, toshbaqa, kaltakesaqlar, qushlardan Lochin, burgut, qirg’ovul, oqbosh, so’fito’rg’ay, kakku, ko’kqarg’a, qizilishton, qir qaldirg’ochi, mu- Sicha, boyo’g’li, chumchuq, olaqanot, sassiqpopishak, bulbul va o’rdaqlar yashaydi. Kosonsoy soyida, asosan, zar- da baliq (marinka) uchraydi. Foydali qazilmalardan qurilish materiallari — tosh, arzik, ohaktosh va b. mavjud. A h o l i s i , asosan, o’zbek va tojiklar, shuningdek, qirg’iz, rus, tatar va b. mil- lat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 277 kishi. Tuman aholisining 70,8% qishloqlarda, 29,2% shaharda (Kosonsoy) istiqomat qiladi. Xo’jaligi. Q.x.da etakchi tarmoq — paxtachilik va g’allachilik. Shuningdek, chorvachilik, bog’dorchilik, sabzavotchilik ham rivojlangan. Tumandagi xo’jalik yurituvchi sub’- ektlar ichida davlatga qarashli, xusu- siy korxonalar, fermer xo’jaliklari, qo’shma korxonalar mavjud. K.t. da 15 ga yaqin yirik sanoat korxonasi faoli- yat ko’rsatmoqda. “Kosonsoy — Tekmen” qo’shma kor-xonasida junli va kostyum- bop matolar, “Atlasmen” qo’shma korxo- nasida adyollar va ayollar kiyimi ishlab chiqarilmoqda. Chet el investisiyala- rini jalb qilgan holda 2000 y.da “uy mehnati”, “shohi to’qish”, “Kosonsoy- konserva” qo’shma aktsiyadorlik jamiyat- lari, Isroil texnologiyasi asosida meva sharbatlarini ishlab chiqaruvchi “nam- Kon” qo’shma korxonasi tashqil etildi. Bu korxonalar tomonidan tuman umumiy sanoat mahsulotining 80% dan ko’prog’i ishlab chiqarilmokda. “Kosonsoyparran- da” ishlab turibdi. Paxta tozalash, g’isht z-dlari, poy- Abzal f-kasi, avtokorxona, novvoyxo- na, qurilish tashqilotlari faoliyat ko’rsatmokda. Yuklarni tashish, asosan, Kosonsoy—Namangan avtoyo’li orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, K.— To’raqo’rg’on, K,—Chust, K,—Yangiqo’rg’on, K.—Olabuqa (Qirg’iziston) avtoyo’llari mavjud. Tuman er fondi 51 ming ga bo’lib, shundan 17,4 ming ga erda dehqonchilik qilinadi. Sug’oriladigan erdardan 7,6 ming ga erga paxta, qariyb 8 ming ga ga g’alla, 625 ga ga sabzavot, 63 ga ga kartoshka va b. ekinlar ekiladi. Bun- dan tashqari, 1676 ga bog’, 700 ga tok- zor, 500 ga o’rmonzor bor. Tumanda 13 shirkat xo’jaligi, 153 fermer, 2000 dan ortiq deqqon xo’jaliklari FA- oliyat ko’rsatmoqda. Chorvachilik ham xo’jalikning etakchi tarmoqlaridan. Tu- man shirkat va shaxsiy xo’jaliklarida 22,5 mingdan ziyod qoramol, 31 mingdan ziyod qo’y va echki, 50 mingdan ortiq par- randa bor (2002). 2001/2002 o’quv yilida tumandagi 50 umumiy ta’lim maktabida 33,6 ming, 8 kasb-hunar kollejida 4,5 mingdan ziyod o’quvchi ta’lim oldi. Tibbiyot va ped. bilim yurtlari bor. Madaniyat uylari, klublar, 34 kutubxona, o’lkashunoslik muzeyi, 3 stadion mavjud. Markaziy va hududiy kasalxonalar, qishloq uchast- ka shifoxonalarida 195 vrach faoliyat ko’rsatmokda (har 10 ming aholiga 13,8 vrach). 1932 y.dan “Kosonsoynoma” tuman gaz. chiqadi (adadi 6,5— 7 ming).