Koson

Koson — Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1972 y.dan). Koson tumaninpng ma’muriy markazi, viloyatning g’arbiy qismida. Qarshi sh.dan 30 km, yaqin t.y. stantsiyasi — Koson (4 km). Toshkent — Do’shanba t.y. va qarshi — Buxoro Avto- mobil yo’li yoqasida. Qashqadaryoning o’ng sohilida, 350 m balandlikda joy- lashgan. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 0°, iyulniki 28°. Aholisi 58,5 ming kishi (2003). K. ga Yakkabog’ — muborak suv quvuridan tarmoq o’tkazilgan. K. o’rnidagi dastlabki qishloq mi- lodning boshlarida vujudga kelgan, Erqo’rg’onda hayot tanazzulga uchragach, aholi bu erga ko’chgan. 4-5-a.larda qal’a bunyod etilib, atrofi mudofaa devoir b-n o’rab olingan; u mo’g’ullar istilosi davrigacha (13-a. boshi) mavjud bo’lgan. Mo’g’ullar istilosidan avval Kosonning mudofaa devori 3 marta ta’mirlangan bo’lib, kengligi 10 m ga etgan. Arxeo- logik ma’lumotlarga ko’ra, K.da ancha vaqtgacha hayot sungan va faqat 15-16-a. dangina qayta jonlangan. Karvon yo’lida bo’lgani uchun savdo va hunarmandchilik rivojlangan. 4-6-a.larga oid mis tan- galarda “Kosonning ulug’shohi” deb yozilgan sug’diycha bitik aniqlangan (E. Rtveladze). Demak, u shoh qarorgohi bo’lgan. 16-a. 40-y.larida shayboniylarga qarshi Kosonda bobo Mirak qo’zg’oloni sodir bo’lgan. 17-a.dan Ashtarxoniy- lar, 18-a. o’rtalaridan Buxoro amirligi tarkibida. 1685 y. Samarqand hokimi Xo’jamqulibiy o’tarchi Xitoy-qipchoqlar qabilasiga tayanib, Kosonni egallab, Nasaf viloyatini talon-toroj qilgan va bu b-n Anushaxonni Buxoro xonli- giga bostirib kirishiga imkon yaratib bergan. Antik manbalarda uchraydigan Ksenippa viloyatining nomi Koson ata- masining o’zgargan shakli bo’lishi mum- kin. Undagi “Pa” qo’shimchasini sug’diycha “ob”, ya’ni suv deb hisoblansa, qadimda Qashqadaryodan chiqarilgan kanal ko- Sonob ya’ni Koson daryosi deb atalgan bo’ladi. Shaharda paxta tozalash, g’isht z-dlari, g’o’zapoyadan karton qog’ozi ish- lab chiqariladigan o’zbek-Xitoy qo’shma korxonasi, yog’ekstraktsiya z-Di, avtokor- xona bor. Mahalliy sanoatga qarashli qandolatpazlik va kulolchilik tsexlari faoliyat ko’rsatadi. 10 ga yaqin umumiy ta’lim maktabi, kutubxona, madaniyat uylari, klublar, dorixona, polikli- Nika, 2 kasalxona, tug’ruqxona mavjud. K. b-n Buxoro, qarshi, Mug’lon va tu- man xo’jaliklari orasida avtobuslar qatnaydi. Shaharda 2-jahon urushida halok bo’lgan jangchilar xotirasiga yod- gorlik o’rnatilgan. Li.: Axmedov B. A., Istoriko-geogra- ficheskaya literatura Sredney Azii XVI — XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX— nacha- la XIII vv., T., 1996.