Konfutsiychilik

Konfutsiychilik – Xitoydagi axloqiy-siyosiy ta’limot; keyinchalik eng ta’sirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm b-n birga). Konfutsiy asos solgan. K.ning ilk davomchilari — men-szi (Mek Ke — mil. AV. 371-289), Ven-szi (mil. AV. 6-a.), Xan Fey-szi (Mila v. 233 y. v.e.), keyingi davrda fan Chjen (6-a.), Xan Yuy (768-824) va b. K. ta’limotida insonparvarlik (Jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim o’rin egallaydi. In- sonparvarlik tushunchasiga ko’ra, odam- lar axloqiy va ijtimoiy munosabatlar- da yoshi ulug’, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli bo’lishlari kerak. Odob kridalari tu- shunchasiga ko’ra, u tufayli yuksak fazi- latlar shakllanadi, jamiyat rivoj topa- Di, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erisha- Di. Uning negi-zida “sen o’zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning erishishiga ko’maqlash”, “sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ravo ko’rma” kabi hayotiy tamoyillar yotadi. “Buyuk ta’limot” va “o’rtalik haqida ta’limot” degan asarlarni Konfutsiy yoz- gan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga ko’ra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil eta- Di: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar o’ziga va b.ga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega bo’ladi. K.da ta’kidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmog’i lozim. Qonun o’zgarishi b-n manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha ma’no kasb etadi, inson faoli- yatida tub o’zgarish ro’y beradi. O’tmishda o’rnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni boshqarishga katta e’tibor berilib, unga ko’ra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar b-n to’ldirib yubormaslik za- rur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular o’rtasida keskin kurash borgan. K. mil. 1 -a.da davlat ta’limotiga aylandi, 9-a.da buddizm, 11-a.da Dao- sizm ustidan to’la g’alaba qozondi. Bunga, ayniqsa, Sun davri (960-1279)da ne- okonfutsiychilik rivojlanganligi tu- fayli erishildi. Rasul Iosirov.