KETMONCHOPTI TOG’LARI

KETMONCHOPTI TOG’LARI – Hisor tizmasi tarkibidagi Boysun tog’larining Jan.-g’arbiy qismida, sur- xondaryo viloyatidagi tog’lar. Eng baland joyi 3159 m. Jan.-g’arbda Sherobod da- ryosi va shim.-Sharqda Olchasoy (shim. da) b-n Qayroqsoy (Jan.da) vodiylari oralig’ida joylashgan. Uz. 23 km. Shim.- Sharqda Xo’ja Gurgurota tog’iga (eng ba- Land joyi 3109 m) tutash. K.t. yuqori paleozoyning vulkanogen jinslari, cho’kindi yotqiziklari, qumtosh, yura dav- rining ohaktoshlari, yon bag’irlarida bo’r davrining chukindi jinslaridan tuzilgan. Jan.-g’arbiy yon bag’irlari tikroq. Suvayirg’ich qismi nisbatan kam parchalangan, yassi. Pekin, yura davri – ning ohaktoshlari nurashga chidamlili- gi sababli tik devorsimon shakl hosil qilgan. Xuddi ketmon b-n chopilgandek kurinishga ega (tog’ning nomi shundan kelib chiqqan bo’lishi mumkin). Bu ajoy- ib shakl Boysun, tuda, avlod, shayton qo’rg’onlaridan yaxshi ko’rinib tura- Di. Buloq ko’p. Yon bag’irlarida to’k, bo’z tuproqlarda turli xil bug’doyiqzorlar, shuningdek, na’matak, zirk, tog’olcha, bo- dom, olma va b. tarqalgan. Jigarrang tuproqlarda yong’oqzorlar, dulanazorlar, jigarrang va och qo’ng’ir tuproklarda archa- zorlar mavjud. Bu erlarda Zarafshon ar- chasi keng tarqalgan. 2800 m dan yuqorida bo’liq o’tli o’tloq-dasht o’simliklari o’sadi. Asosan, yaylov chorvachiligi, tog’ mevachiligi, dorivor giyohlar tayyorlash- da, ovchilikda foydalaniladi. Boy va qulay rekreasiya resurslari mavjud. K.t. etaklarida Boysun sh. joylashgan.