KECHA-KUNDUZLIK RITMLAR

KECHA-KUNDUZLIK RITMLAR -biologik jarayonlar va hodisalar intensivligi va xarakteridagi o’zgarishlarning kecha-kunduz davriy takrorlanib turishi. K.-k.r. aksari- yat biokimyoviy va fiziologik jarayon- lar (hujayra bo’linishining chastota- si, tana haroratining o’zgarib turishi, moddalar almashinuvi intensivligi va h.k.)ga xos. Hayvonlarning sutkalik ritmik faolligi, o’simliklar bargla- ri va gultoji barglarining holati K.- k.r.ga bog’liq, odamlarda 100 ga yaqin fiziologik funktsiyalarning K.-k.r.ga ega ekanligi aniqlangan. K.-k.r. ko’p hujayrali organizmlarning ayrim hujayralarida ham mavjud. Hayvonlar miyasida organlar va hujayralarning K.-k.r.ini bir-biri hamda tashqi muhit o’zgarishlari b-n muvofiqlashtiruvchi markazlar aniqlangan. Tabiatda K.-k.r. endogen ritmdan va muhitning kecha- kunduz o’zgarishlariga ko’rsatadigan reaktsiyalaridan iborat. Muhitning ta- biiy ritmi buzilganda organizm turli fiziologik funktsiyalari K.-k.r.ining mutanosibligi yuqoladi. Bunday hol hayvon va usimliklarni sun’iy sharo- itda ko’paytirilganda, biror poyasdan boshqasiga uchib o’tilganda, shuning- dek, odamni tabiiy ravishda o’zgaruvchi muhitdan ajratib qo’yilganda (mas, kos- mik parvozda) kuzatiladi. Bu holat orga- nizmda patologik uzgarishlarning kelib chiqishiga ham sabab bo’lishi mumkin.