Kecha-kunduz, sutka

Kecha-kunduz, sutka – 24 soatga teng vaqt o’lchov birligi. Erning yul- duzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasi- ga bulinadi. Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulmina- tsiyalari orasidagi vaqtga teng. Yulduz sutkasi haqiqiy (presessiya va nutasiya hisobga olinsa) va o’rtacha (faqat Preses- siya hisobga olinsa) yulduz sutkalariga ajraladi. Bahorgi tengkunlik sutkasi nuqtasining presession harakati ta’- sirida o’rtacha yulduz sutkasi erning o’z o’qi atrofida haqiqiy aylanish davridan 0,0084 sekundga qisqa. Nutasiya ta’siri- da haqiqiy yulduz sutkasining uzunligi o’zgarib turadi. Quyosh bir sutka davomi- da osmon sferasida 1° sharqqa to-mon siljiydi. Shu sababli, yulduz sutkasi b-n amalda vaqtni o’lchash noqulay bo’lib, u kun va tunning almashinishi b-n to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun Kuyosh sutkasida uning ikkala ketma-ket pastki (yarim tun) kulminasiyasi oralig’idagi vaqt olina- Di. Quyosh sutkasi ham haqiqiy va o’rtacha Quyosh sutkalariga bo’linadi. Quyosh sut- kasining uzunligi esa yarim tun (haqiqiy Quyosh sutkasida haqiqiy Quyoshning past- ki kulminasiyasi; o’rtacha Quyosh sutka- sida esa Quyoshning soxta pastki kul- minasiyasi) dan boshlab hisoblanadi. Er orbitasining ellipssimonligi va ekvatorning ekliptikaga og’ishganligi tufayli haqiqiy Quyosh sutkasi ham do- imiy emas va yil davomida 24 soat 3 min 36 s (sentyabr o’rtalarida) dan 24 soat 4 min 27 s (dekabr oxirida) gacha o’zgarib turadi. Shuning uchun Quyoshning ekva- tor buyicha yil davomida doimiy burchak tezlik b-n harakat qiluvchi o’rtacha Quyosh sutkasi (24 soat 3 min 56,55536 s yulduz sutkasi) olinadi. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasi yoki 365,2422 Quyosh sutka- sidan iborat.