Kianit

Kianit (Yun. ruapos-to’q ko’k, havorang), D i Sten — kristalli sla- neslarga mansub mineral. Kimyoviy tar- kibi Al2[SiO4]. Triklin singoniyali, kri-stali ustunsimon yoki taxtasimon. Aralashmalari Fe (1% gacha), Sg (1,2%), Ti (0,04%). Rangi oqsan to’q ko’kish- yashilgacha. Zangori, ko’k, kulrang ham bo’ladi. Kumir yoki gil jinslari aralash- gan K. qora bo’ladi. Shishadek yaltiroq, qattiqligi turlicha (4,5 dan 7,5 gacha), zichligi 3560-3680 kg/m3. Giltuproqqa boy cho’kindi jinslarning katta bosim zonasida metamorfizlanishidan hosil bo’ladi, granitli pegmatitlarda A12O3 ga boy jinslarning assimilyasiyasidan vujudga keladi. Ko’pincha stavrolit, an-daluzit b-n birga uchraydi. K. sanoat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan gil tuprog’i ko’p xom ashyo hisoblanadi. Undan o’tga, kislota va ishqorga chidamli pishiq materiallar olinadi. K. qazib oluvchi mamlakatlar: AQSh (120 ming t, 1982), Hindiston (45 ming t), Braziliya (10 ming t), Ispaniya (6 ming t), Avstraliya (1 ming t). Tarkibida rutil, muskovit, turma- Lin, topaz, korund bo’lgan dunyodagi eng yirik konlar Hindiston (Kxammam, Bxandara, Sidxbum va b.)da mavjud.