KIBERNETIKA INSTITUTI

KIBERNETIKA INSTITUTI, “Zamonaviy informasion texnologiya- lari” ilmiy texnika markazi qoshidagi Kibernetika inti — kibernetika masa- lalari b-n shug’ullanadigan ilmiy muas- sasa. O’zbekiston FA V.I. Romanovskiy nomli matematika institutida 1956 y. “Hisoblash texnikasi” bo’limi tash- kil etildi. Bu bo’lim qisqa vaqt ichida xalq xo’jaligining muhim va zarur ma- sasalarini echishga kirishdi. 1959 y.da O’zbekistonda birinchi bo’lib “Ural- 1” EHM si ishga tushirildi. 1961 y.da “Hisoblash markazi” tashkil etilib, unda M-20 EHM si ishga tushirildi. 1963 y.da “hisoblash markazi” mexaniqa inti tarkibiga kiritildi. 1966 y.da O’zbekiston FA hisoblash markazli Kibernetika in-ti, 1978 y.da shu in-t negizida O’zbekiston FA “Kiberneti- ka” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilindi. 2001 y.dan birlashma “Zamonaviy informasion texnologiya- lari” ilmiy texnika markaziga aylanti- rildi. Markaz tarkibiga K. i., xo’jalik hisobidagi “algoritm” ilmiy tadqiqot in-ti, avtomatika va hisoblash tex- nikasi maxsus loyiha-konstruktorlik byurosi kiradi. O’tgan dvar mobaynida birlashmaning faol katnashuvi b-n 108 ta axborot-hisoblash markazlari yaratil- gan, 200 dan ortiq avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ishga tushirilgan, 400 dan ortiq EHM ishlatilgan. In-tda 100 dan ortiq fan dri, 800 dan ortik, fan nomzodi tayyorlangan. Ilmiy yo’nalishlari: yangi axborot texnologiyalarini yaratish; modellashti- rish, boshqarish, sun’iy tafakkur va al- goritmlash muammolarini echish. In-tda 17 lab. ilmiy tadqiqot ishla- rini olib boradi, 200 dan ziyod xodim FA – oliyat ko’rsatadi. Jumladan, O’zbekiston FA akad.laridan V. K – Qobulov, F. B. Abutaliev, T. F. Bekmurodov, B. A. Bon- daryonko, T. Bo’riev, M.M. Komilov fao- liyat ko’rsatmoqda.