Kinokomediya

Kinokomediya (kino… va kome- diya)— kino san’ati turi. Filmda xa- rakter, konflikt, vaziyatni tasvirlashda tomoshabinda kulgi qo’zg’atish K.ning asosiy xususiyatidir. Yumoristik va hajviy jihatlari bir-biriga bog’liq holda ko’rsatiladi. Kinovodevil, eks- tsentrik “komik”, lirik, maishiy, hajviy, tragikomik, fantastik K. janr- lari keng tarqalgan. Tsirk, karikaturami o’zida singdirgan ekstsentrik “komik” K. 20-a.ning 10-20-y.larida yuzaga kelgan (A. Did, M. Linder, R.Kler — Fran-tsiya; M. Sennet, Ch. Chaplin, B. Kiton, G. Lloyd — AQSh). F.Kapra ovozsiz kino davrida “bir kunlik xonim”, “Mister Dids shaharga ko’chib o’tmoqda”, “tun- dagi hodisa” kabi filmlarni ishlab Amerika K.sining rivojlanish davrini boshlab berdi. Keyinchalik A.Blazetti, X.Bardem, J.Bekker, L.Berlanga, G.Krichton, R.Kornelius kabi chet el rej. lari jamiyatdagi mavjud nuqsonlarga qarshi K.lar (“millioner Neapol”, “Tramvay o’g’irlandi”, “dadam, oyim, xizmatkor qiz va men” va b.) yaratdilar. Ya. Protazanovning “Nasriddin Bu- xoroda” (1943) filmi — birinchi o’zbek K.si. “Nasriddinningsarguzasht- lari” (rej. N. G’aniev), “Mahallada duv-duv gap” (Sh. Abbosov), “Kelinlar qo’zg’oloni”, “Maysaraning ishi”, “chi- mildiq” (M. Abzalov), “Sharif va ma’- rif”, “temir erkak” (I. Ergashev), “Bom- ba” (3. Musokrv), “Masxaraboz” (Sh. Bosh- Bekov) va b. eng yaxshi o’zbek K.laridir. R. Pirmuhamedov, R. Hamroev, N. Rax.imov, H. Umarov, S. Xo’jaev. B. Ixtiyorov, H. Sharipov, O. Asomov, M. Xolmedov va b.ning o’zbek K.si rivojida hissalari katta. Zamonaviy rej. lar izlanishi na- tijasida K. unsurlari kinoning boshqa janrlariga ham singib bormoqda.