Kiropol, kira, Kiresxata

Kiropol, kira, Kiresxata — Turonzaminda mavjud bo’lgan eng qad. shahar-qal’alardan biri (mil.AV. 6 — 2-a.lar). Hoz. O’ratepa (Tojikiston) yaqinidagi Havotag mavzeida, Nijonisoy (Shaxristonsoyning quyi qismi) ning so’l qirg’og’ida joylashgan Nurtepa sh. xa- robasi K. o’rnida bo’lgan. Axomaniylar podshosi kir II asos solgan shahar. Axo- maniylar davlatining shim.-Sharkdagi eng chekka shaxri. Kir II davrida Turon- ning eng muhim shaharlaridan sanalgan. Tarixiy manbalarga (Arrian, Kvint kur- tsiy Ruf va b.) ko’ra, Iskandar Maqduniy (q. Aleksandr) saklarga qarshi Sirdaryo bo’yida Aleksandriya Esxata sh.ni bunyod etishni rejalashtirgan paytda, yunonlar tomonidan avvalroq olingan Ustrusho- nada shahar-qal’alar o’nga qarshi bosh ko’targanlar va yunon-makedon garnizon- larini qirib tashlab tezlikda shahar- qal’alarni mustahkamlashga kirishgan- lar. Iskandar orqaga qaytib isyonkor shahar-qal’alarni bo’ysundirishga kiri- shishga majbur bo’lgan. Iskandar piyoda askarlariga shahar devorlarini ishg’ol etish uchun narvonlar tayyorlashni buyur- gan, sarkardalaridan biri kraterga bu o’lkadagi eng katta shahar hisoblangan K.ni qamal qilishni topshirgan. Bun- dan maqsad qo’zg’olon ko’targan boshqa shaharlarga ko’mak berishdan K. aholisini mahrum etish edi. Iskandar 5 ta isyonkor shaharni egallagach, krater- ga yordamga kelgan. K. boshqa shaharlarga qaraganda balandroq mudofaa devori b-n o’ralgandi. K.da ko’plab mustahkam bino- lar bo’lib, ularda Axomaniylar va ular- ning noiblariga bo’ysunishni istamagan erksevar mahalliy zodagonlar yashagan. Bess va b. isyonkor noiblar shularga ta- yangan. Bess Artakserks nomini olib o’zini fors shohlarining vorisi deb e’lon qilganida o’nga qarshi chiqqanlar. Iskandar ham shunday da’vo qilganida o’nga ham qarshi isyon ko’targanlar. Shahar mudofaachilari soni 18 ming kishidan ortiq edi. Iskandar shahar qamali uchun devorteshar qurilmalarni o’rnatishni buyurgan. Devorning bir joyidan shahar ichkarisiga kiradigan daryoning quruq o’zani orqali Iskandar qo’riqchilari va o’qchilari b-n yashirin ravishda shahar ichkarisiga kirib olgan. So’ngra eng yaqin erda joylashgan darvozani eg’allab, qolgan qo’shinini shaharga kiritgan. K. maydonida shiddatli jang sodir bo’lgan. Iskandarning gardani (bo’yni) va bo- shiga tosh tegib og’ir jarohatlangan. Makedon qo’shini K.ni eg’allagan, shahar himoyachilari qo’rg’onga yashirinishgan, biroq bir kundan so’ng suvsizlikdan qoldan toyib taslim bo’lishgan. K. mu- dofaasida 8 mingga yaqin kishi halok bo’lgan. K. vay-Ron qilingan, shahar bun- dan to’la o’ziga kelmagan va mil.AV. 2-a.da tashlandiq holga kelib qolgan. Shahar aholisi Sirdaryoga yaqin erga ko’chib yangi qishloq barpo etishgan va uni yana K. deb atashgan. Keyinchalik bu atama Kurukada — Kurkat ko’rinishida bugungi kunimiz- gacha etib kelgan. Ad.: Arrian, Poxod Aleksandra, M.— L., 1926; Kursiy Ruf Kvint, Isto- riya Aleksandra Makedonskogo, M., 1963; Bartold V.V., Sochineniya, t.Z, M., 1965; Belyaeva T.V., K istoricheskoy topografii gorodov Ustro’shani [Drevnyaya i Sredne- vekovaya arxeologiya Sredney Azii], T., 1990; Rtveladze E., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999. Faxriddin Hasanov.