“KITOBI DADAM QO’RQUT”

“KITOBI DADAM QO’RQUT” (“Qo’rqut ota kitobi”) — o’rta asrlar o’g’uz eposining yuksak namunalaridan biri. Uning tarkibiga kirgan hikoya va dostonlarning ayrimlari 7-8-a.larda og’zaki ravishda yaratila boshlangan. Aso- siy dostonlari 9-10-a.larda o’g’uzlar Sirdaryoning quyi oqimlari va Orol dengizi atroflarida yashagan davrlarda yuzaga kelgan. Ular bu ulkan yodgorlik- ning tarkibida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib, Qo’rqut haqidagi afsona va ri- voyatlarning og’zaki ravishda Turkiston xalqlari orasida keyingi davrlargacha saklanib qolishiga sabab bo’lgan. O’g’o’z qabilalarining Saljuqiylar rahnamoligida G’arbga siljishi nati- jasida ilgari yaratilgan dostonlar va rivoyatlarga yangilari qo’shilib, Kavkaz va kichik Osiyoda Ko’rqut va Qozonbek (Solor K°zon) haqida butun bir Doston- lar turkumi vujudga keldi. Og’zaki ra- vishda yaratilgan va kuylanib kelingan bu asarlar bizga noma’lum shaxs tomo- nidan o’zonlar (baxshilar)dan yozib oli- nib, 15-a. o’rtalarida “K.D.Q.”ga tartib berilgan. Og’zaki kuylanib kelingan dostonlar “K.D.Q.”tarkibiga kiritil- ganda, ularga muayyan bir adabiy ishlov berilgan. “K.D.Q.”kirish qism va 12 ta bo’y (do- ston)dan iborat. Kirish qismida Ko’rqut ota haqida ma’lumotlar berish b-n bir- ga uning nomidan bir qancha otalar so’zi (xalq maqollari) keltirilgan. Kitobga kiritilgan dostonlar quyidagilardir: 1. Dirsaxon o’g’li Bo’g’ochxon. 2. Solor Qozon uyining talon-toroj bo’lganligi. 3. Boyburabekning o’g’li Bamsi Bayrak. 4. Qozonbek o’g’li O’rozbekning tutqun bo’lgani. 5. Duxoxo’ja o’g’li Dali do- mrul. 6. Kanglixo’ja o’g’li Xonto’rali. 7. Qozilikxo’ja o’g’li Yaganak. 8. Basat- ning Tepako’zni o’ldirganligi. 9. Bagil o’g’li Emron. 10. Ushunxo’ja o’gli Sakrak. 11. Solor Qozonning tutqun bo’lgani va o’g’li O’roz qutqargani. 12. Icho’g’o’zning Tasho’g’o’zga itoat etmagani va Bayrakning o’limi. “K.D.K”ning ikki qo’lyozmasi biz- gacha etib kelgan. Ular Drezden va va- tikan kutubxonalarida saqlanadi. Bu qo’lyozmalarni olimlar 19-a.dan bosh- lab o’rganib keladilar. Uni rus tiliga dastlab V.V. Bartold tarjima qildi va 1894-1904 y.larda 1-3 va 5-Doston- larini asl nusxa b-n birgalikda nashr etdi (1962 y.da to’la ravishda nashr etil- Di). Turkiyada dastlab Kilisli mual- lif Rifat 1916 y.da to’la ravishda nashr etdi. Undan keyin O’rxon Shoyiq Ko’kyoy, Muharram Ergin nashrlari yuzaga keldi. Ozarbayjonda ham 1939 y.dan beri Mun- tazam ravishda nashr etilib, o’rganilib kelinadi. O’zbekistonda esa 1939 y.da Hodi Zarif kitob tarkibidagi uchinchi Doston “Bamsi Bayrak”ni “O’zbek fol- klori” majmuasida nashr etgan, xolos. “K.D.Q.”dunyo miqyosida keng o’rganilib kelinayotgan, o’g’o’z va b. turkey xalqlar tarixi, folklori, etnografi- yasini o’rganishda katta ahamiyatga ega asarlardan biridir. Ad.: Kniga mosgo deda Korkuta, M, 1962. To’ra Mirzaev