Ko’chat

Ko’chat — ko’chatzorlarda, parnik va issiqxonalarda etishtiriladigan va ko’chirib, asosiy maydonga o’tqaziladigan Nihol. K.lar o’simliklarning urug’i, da- Nagi, qalamchasini ekib va payvand qilib etishtiriladi. Bog’, o’rmon va b. yaratish uchun K. tayyorlashda urut, danak va novda qalamchalari (tok, anjir va b.)dan, shu- ningdek, payvand qilish usullaridan (q. Ko’chatzor) foydalaniladi. Sabzavot K.lari parnikparla urug’idan maxsus romlar ostida etishti- riladi. Ertagi karam urug’i dek.—yanv. da, o’rtagisiniki mart — apr. boshla- rida, ertagi pomidor urug’i Fev. bosh- larida, baqlajon, qalampir va kechki pomidor urug’lari Fev.ning 2-yarmi — martning boshida parnikka, bodring urug’i ivitilmasdan martning 2-yarmida tuvakchalarga ekiladi. 1 gektarga etarli K. olish uchun karam va pomidor urugla- ridan 300-400 g. baqlajon urug’idan 600 g; qalampirnikidan 800-1000 g sarfla- nadi. Urug’lar unib chiqib, maysalagach, niholdar maxsus joyga 5×5 sm (karam), 6 x 6 (pomidor), 4×5 va 5×5 (qalampir), 6×6 (baqlajon) sm sxemada qayta ko’chatlab chiqiladi. Karam, qalampir va baqlajon K.lari 4-5, pomidor K.lari esa kamida 6-7 barg chiqarganda ildizlariga yopishib turgan loy — nam tuprog’i b-n ko’chirib olinib, ob-havo sharoitiga qarab, ochiq maydonlarga (dalaga) yoki hosil etish- tiriladigan himoyali joyga ekiladi va darhol sutoriladi. K. etishtirib o’stirish usulida urug’lik sarfi bevosita dalaga ekishga nisbatan 3-5 marta kamayadi, parvarish ishlari engillashadi, hosili 30-40 kun oldin etilib pishadi. Botir Azimov.