Ko’l yotqiziqlari
Ko’l yotqiziqlari – hoz. va qad. geologik davrlarda mavjud bo’lgan ko’llar tubida paydo bo’lgan yotqiziqlar. K. yo. mexaniq (qum, shag’al, gil), kimyoviy (ko’l buri, tabiiy soda, mirabilit, osh tuzi, gidrogalit, gips, astraxanit, epsomit, bishofit, karvallit va b.) yo’l b-n hamda organik qoldiklarning chirishidan (torf, diatomit, shifobaxsh balchiqlar) hosil bo’ladi. Bo’larning hammasi chu- chuk va sho’r suvli ko’llarga xosdir. K. yo. kontinental yotqiziklarga mansub, lekin dengiz yotqiziqlariga xos belgilarga ham ega. Har xil tabiiy geografik sha- roitlarda hosil bo’lgan ko’llar turlari ko’pligi sababli ularning yotqi-zikdari ham turli-tuman bo’ladi. Muzlik ko’llari muzlik va ko’l yotqiziqlarining birikma- sidan (mas, turtlamchi davr lentasimon gillari) tashkil topgan, karst ko’llari ma’lum mikdorda karbonatli yotqiziklar b-n to’lgan bo’ladi. Ko’l-muzlik (limno- glyasial) yotqiziqlarini alohida toi- faga ajratadilar. Gumid iqlimli te- kislik ko’llarida, asosan, alevritgilli, arid iqlimli mintaqalarda esa galo- gen-karbonatli yotqiziklar to’planadi. O’zbekistonda Qizilqum, Mirzacho’l, Mar- kaziy Farg’ona va Qoraqalpog’istonda keng tarqalgan.