KO’P YILLIK O’SIMLIKLAR
KO’P YILLIK O’SIMLIKLAR -ikki yildan ortiq yashay oladigan o’simliklar. Er shari florasining ko’pchiligi K.y.o’.ga kiradi. K.y.o’. tashqi ko’rinishi va biologik xususiyatlari b-n juda xilma-xildir. Mo”tadil iqlimi kengliklarda K.y.o’.ning ko’pchilik guruhini o’tsimon o’simliklar, tropic zonalarda esa ko’proq daraxt va buta- lar tashkil etadi. Ko’pchilik o’tsimon K.y.o’.ning uzoq muddat yashashi ularda poya (ildizpoya, piyozchalar, tuganak piyozchalar) va ildizsimon maxsus (g’amlaydigan) or- ganlar mavjudligiga bog’liq. K.y.o’.ning yashash muddati keskin farqlanadi va bir necha yildan tortib to 10 va 100 yilga- cha, ba’zan, hatto, 1000 yilgacha cho’zilishi mumkin. Daraxt va butalar K.y.o’. Ichida eng uzoq muddat yashaydigan o’simliklar hisoblanadi. Mas, eman 500— 1000 y., shuvoq 100 y. yashaydi. Ayrim K.y.o’. yashash joyini o’zgartirish va inson faoliyati natijasida bir yillik o’simlikka ayla- nishi mumkin. Mas, aslida K.y.o’. bo’lgan kartosh- ka, batat, g’o’za, kanakunjut O’zbekiston sharoitida bir yillik ekin tarzida o’stiriladi. Dilorom Yormatova.