Kurtakxo’r

Kurtakxo’r (Gmetocera ocellana F.) -kapalaqlar turkumining parvo- nalar oilasiga mansub hasharot. O’rta Osiyo, G’arbiy Evropa, Uzoq Sharq, Shim. Amerikada tarqalgan. Kapalagi sariq- kulrang, oldingi qanotining orqasida keng oq yo’li bor, qanotlari yozilganda 1,5 sm. Lichinkasi avval oq, keyin pushti- rang, o’z. 10-13 mm. G’umbagi o’z. 6,5—8,0 mm, qorin bo’g’imlarida tikanlari bor. Qurti o’z. 9-12 mm, jigarrang. K. barcha meva daraxtlari — olma, nok, shaftoli, olxo’ri va b.ning kurtagi, g’unchasi, guli, bargini, yozning ikkinchi yarmida meva- larini zararlaydi. K.ning birinchi va ikkinchi yoshdagi qurtlari yupqa pilla ichida, po’stloq yoriqlarida, ko’pincha kur- taklarga yopishgan quruq barglar ostida qishlaydi. Ko’klamda qurtlari rivojla- nayotgan kurtaklarni tyoshib ovqatlanadi (kurtaklardan qurt chiqindisi b-n iflos- langan qoramtir shira tom-chilari chiqib turadi). Qurtlar meva barglarini o’zlari ajratgan iplar b-n o’rab, yaltiroq pilla ichida g’umbakka aylanadi. May oyining 2-o’n kunligida g’umbakdan kapalaqlari uchib chiqadi. Bitta urg’ochi kapalak barg ustiga 70-180 tagacha tuxum qo’yadi. Kurash choralari: ko’zda yoki erta bahorda meva daraxtlarining tanasidagi eski po’stloqlari tozalanadi, butaladi, shoxlari siyraqlanadi, qurigan shoxlar qirqib, yoqiladi. Bahorda lichinkalari- ni yo’qotish uchun olma va b. mevali da- raxtlarga gullashdan avval yoki guldan tushganidan keyin fozalon (2,0—4,0 l/ ga) yoki karbofos (1,0—3,0 l/ga) prepa- ratlari sepiladi. Sulton Alimuhamedov.