Kurvimetr

Kurvimetr (lot. curvus — egri chiziq va … metr) — topografik chizma- lar, xaritalar va grafik hujjatlarda egri yoki ilonizi chiziqlar kesmalari- ni o’lchaydigan asbob. Shkalasi dumaloq va to’rtburchak shaklda yasaladi. Unda shkaladan tashqari tana (korpus), dasta, mil va o’lchanadigan chiziqlar ustidan yurgiziladigan g’ildirakchalar bo’ladi. G’ildirakcha o’lchanadigan egri yoki ilo- Nizi chiziq ustida yurgizilganda K. shkalasida chiziq kesmasining uzunli- gi (mm yoki sm da) ko’rinadi (g’ildirakcha to’liq bir marta aylanganda shkala 100 sm masofani ko’rsatadi). K. shkalasi qo’zg’almas tsiferblatli va qo’zg’aluvchan milli yoki indeksli, qo’zg’aluvchan TSI- ferblatli va qo’zg’almas indeksli qilib ishlab chiqarilishi mumkin. K. davlat miqiyosida standartlashtirib qo’yiladi.