Kulrang chirish, botridioz

Kulrang chirish, botridioz -o’simliklarda takomillashmagan Botrytis turkumiga mansub zamburug’lar (B.cinera)HH qo’zg’atadigan kasallik. Kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’lar, aso- san barg, mayda novdalarni, poyalarni, kurtaklarni zararlaydi. Nam va nis- batan past haroratda kuchli kechadi. O’simlikning turli qismlarida halok bo’lgan to’qimalardan hosil bo’lgan kul- rang dog’lar paydo bo’ladi. To’kilgan bar- glarda, novda, poyalarda zamburug’koni- diyali sporalar qora dumaloq sklerosi- yalar holida qishlaydi. G’o’za, kungaboqar, qulupvay, uzum, maliva, olxo’ri, olcha, qand lavlagi, beda, ka-vakunjut, lyupin, sabzavot ekinlari K.ch.i keng tarqalgan. G’o’zada zamburug’tanasi va sporala- ri ko’sak sirtini kulrang eki bo’z- jigarrang momiq g’ubor b-n qoplaydi, ko’sakning barcha chanoqlari yoki ba’zi- lari to’liq Ochil-maydi. Zararlangan tolalar qora-sar-g’imtir rangga kiradi, momiqlanmaydi. Kuchli zararlanganda gulyonbarg va mevabandi ham g’ubor b-n qoplanadi. Zamburug’hosil organlarini ho’l chi- ritadi. Uzumchilikda K.ch. ayrim yillari hosilning 30-40% ini nobud bo’lishiga olib keladi. Kurash choralari: kasallikka chidamli navlarni ekish, urug’likka fo’ngisidlar b-n ishlov berish, o’simlik qoldiqlarini daladan olib chiqib yoqib yuborish; tokni sifatli xomtok qilish, novdalarni ta- rash, me’yorida sug’orish, kasallik pay- do bo’lganda 0,001% li kaliy yod erit- masi b-n ishlov berish. Qand lavlagi va sabzavot ildizmevalarini uzoq, muddat saqlashda omborxonalar dezinfektsi- yalanadi, havo namligi 85% atrofida, harorat 1-2° bo’lishi ta’minla-Vadi. Abdukarim Zikiryoev.