Kuvez

Kuvez (Frans. couveuse — inku- Bator) — ma’lum haroratli, havosi namlangan va kislorodga boy mosla- ma (apparat); chala va nimjon tug’ilgan chaqaloqlarning tana haroratini bir maromda saqlash uchun qo’llanadi. K.ning ochiq (felka-karavot) va yopiq (tibbiy inkubator) xillari bor. Kadimda chala tug’ilgan chaqalokdarni issiq jun mato yoki paxta va shunga o’xshashlarga o’rab- chirmab telpakka solib parvarishlashgan. 19-a. ning 2 – yarmidan boshlab Rossiya, Avstriya, Frantsiya, Shvesiya va b. mam- lakatlarda ancha takomillashtirilgan K. ishlab chiqarila boshlandi. Ulardan keng tarqalgani Kredes vannochkasi bo’lib, uning devorlari ikki qanat metalldan yasalgan, tubida sovuq suv chiqib keta- digan yo’li bo’lgan. Devorlari orasiga vaqt-vaqti b-n voronka orqali issiq suv quyib turilgan. Uning anchagiva kamchiliklari ham bo’lgan. 1878 y.da Parijda yog’ochdan yasalgan K.lar rasm bo’ldi. Keyinchalik elektr K.lar ishlab chiqarila boshlandi. Bo’lar metalldan yasalgan bo’lib, devorlari orasida K. ichidagi haroratni bir xil ushlab tu- radigan moslamalar mavjud, ular yor- damida tashqaridan turib ichkaridagi chaqaloqlarga mos va xos iqlimni yara- tish mumkin bo’ladi. Bu K.larning yuqori qismi ochiq bo’lgani bois, chaqaloqlar choyshabga o’ralib to’g’ridan-to’g’ri K. ichi- ga yotqiziladi, so’ngra hamshira kerakli muolajani bemalol bajaraverishi va hatto uni cho’miltirishi ham mumkin. O’zRning tug’-ruq komplekslari va shifo- xonalarning bolalar bo’limlarida chala tug’ilgan chaqaloqlar bo’limi mavjud, ular barcha qulayliklari bor K.larda parvarish qilinadi. Xususan, hozir mamlakat tug’ruqxonalarida Yaponiyaning “Xitachi” firmasidan grant asosida olingan K.lardan foydalanilmokda. Bu K.lar hoz. zamon talabiga javob be- radigan barcha moslamalar (mo”tadil harorat, namlik, kislorod, chaqaloq VAZ- nini o’lchash tarozlari, kvars lampalari va h. k.) b-n jihozlangan. Moslamalar orqali shifokor qo’llari b-n K.ning old devoridagi eshikchalardan bolani tekshi- rishi, muolajalar qilishi va vaqt-vaqti b-n ketliklarini yangilashi, tarozida tortib og’irligini nazorat qilib turi- shi mumkin. K. de-vorlari oyvasimon plastmassadan yasalgan, bu bola holatini ko’zatib turish imkonini beradi. K. ichi- da chaqaloq yalang’och holatda maxsus kara- votchada yotadi. K. ni steril tarzda ushlab turish mumkin, buning uchun uning de- vorlari yuviladi, ichi esa kvars lampasi orqali mikroblardan tozalanadi.