Kon sanoati

Kon sanoati, kon qazib olish sanoati — foydali qazilmalar konla- rini qidirish, ularni er ostidan kazib olish, dastlabki qayta ishlash — boyi- tish bo’yicha i.ch. tarmoqlari majmui. K.s. kuyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi: 1) yoqilg’i (neft, tabiiy gaz, ko’mir, slanes, torf) qazib olish sanoati; 2) ruda (temir rudasi, marganes rudasi, rangli metal- lar, asil va noyob metallar rudalari, radioaktiv elementlar) qazib olish sa- noati; 3) nometall qazilma va mahalliy qurilish materiallari sanoati (marmar, fanit, asbest, bo’r, dolomit, kvarsit, ka- olin, gips, mergel, dala shpati, ohaktosh va b.ni qazib olish); 4) kon-kimyo (apatit, kaliy to’zlari, nefelin, selitra, oltin- gugurt kolchedani, bor rudalari, fosfat xom ashyosi qazib olish) sanoati; 5) gi- dromineral suvlar (mineral er osti suv- lari, suv ta’minoti va b. maqsadlar uchun suv) olish sanoati. Kon ishi qad. davrlardan beri ma’- lum. 18-a. oxiri — 19-a. boshlaridan jadal rivojlana boshladi. 20-a. oxir- lariga kelib dunyoda yiliga 5 mlrd. t dan ziyod ko’mir, 3 mlrd.t dan ziyod neft, 2,3—2,5 trln. m3 tabiiy gaz va 1 mlrd. t temir rudasi qazib olinmoqda. Boshqa turdagi mineral xom ashyoni qazib olish hajmi kamroq. Jumladan, dunyoda keyin- gi vaqtda yiliga 2,2—2,3 ming t oltin qazib olinmoqda. Jahonda uran etkazib beruvchi yirik mamlakatlar qatoriga ka- nada, Avstraliya va JAR, kaliy to’zlari bo’yicha Kanada va Germaniya davlatla- ri kiradi. Temir rudasini qazib olish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham (AQSh, Kanada, Avstraliya, JAR, Shvesiya, shuningdek, Rossiya va Ukra- ina), rivojlanayotgan mamlakatlarda ham (Xitoy, Braziliya, Hindiston, ve- nesuela, Liberiya) keng miqyosda amalga oshirilmoqda. Xalqaro geografik mehnat taqsimotining chuqurlashishi va yanada rivojlanishi dunyoda 6 ta yirik K.s. Mar- kazlarining shakllanishiga olib keldi. Ularning hissasiga jami qazib olingan xom ashyo va yoqilg’ining 2/3 qismi to’g’ri kelmokda. Shunday mamlakatlar qatoriga AQSh, Kanada, Avstraliya, JAR, Rossiya va Xitoy kiradi. K.s. ko’pchilik boshqa mamlakatlarda ham rivojlangan. Lekin ularda xom ashyo yoki yoqilg’ining bir-ikki turi kazib olinadi, xolos. Jumladan, dunyoda ko’mir qazib olishda Polsha, mis rudasi qazib olishda Chili, qalay ruda- si qazib olishda Malayziya, neft qazib olishda Fors ko’rfazi mamlakatlari yuqori o’rinlarni egallaydi. O’zbekiston Respublikasi jahonda K.s. yuqori rivojlangan mamlakat- lar qatoridan mustahkam o’rin olgan. Hozirga qadar O’zbekistonda hammasi bo’lib 2,7 mingdan ziyod istiqbolli tur- li foydali qazilma konlari aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom ashyo tur- larini o’z ichiga oladi. Muhim strategic manbalar — neft va gaz kondensati, ta- biiy gaz bo’yicha 155 ta kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 40 dan ortiq, rangli, Nodir va radiaktiv metallar bo’yicha 40, kon-kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon va b. qidirib topilgan va ishga tushiril- gan. Oltin, uran, neft, fosforitlar- ning razvedka qilingan zahiralari bo’yicha O’zbekiston jahonda etakchi o’rinni egallaydi. Respublika jahonda oltin zahiralari bo’yicha 4-o’rinda, mis zahiralari bo’yicha 10-11 o’rinda, uran zahiralari bo’yicha 7-8 o’rinda turadi (2001) (yana q. Gaz sanoati, rangli metal- lurgiya, kumir sanoati, neft sanoati, Oltin sanoati, temir ruda sanoati). Abduhakim Qayumov.