Ko’z kasalliklari
Ko’z kasalliklari – ko’z soqqasi, qovoq, kon’yunktiva, ko’z Yoshi a’zolari va ko’z kosasi kasalliklari. Yaqindan va uzoqdan ko’rolmaslik, ko’z astigmatizma x.am K. k.ga kiradi. K.k. tug’ma va hayotda orttirilgan, yuqumli va yuqumsiz, utkir va surunkali, bitta yoki ikkala ko’zda bo’ladi. Organizmning umumiy kasalliklari: infektsion (sil, zaxm, revmatizm, gripp, difteriya, TIF- lar va b.), parazitar (har xil gelmint- lar, mas, exinokokklar qo’zg’atadigan), endokrin (qandli diabet va h.k.), qon tomir (gipertoniya kasalligi va b.) ka- salliklari, qon kasalliklari (leykoz va h.k.), o’smalar {rak, sarkoma va b.), Markaziy nerv sistemasi kasalliklari (meningit, miya usmasi), shuningdek, bu- Run bo’shligidagi patologik jarayonning atrofga tarqalishi K.k.ga sabab bo’ladi. Ko’zga infektsiya tushishi, mexaniq, ki- myoviy (kislota va ishqorlar) va fizik omillar (issik,lik, yorug’lik, radioaktiv nur)dan shikaet etishi ham K.k.ga olib keladi. Glaukoma, traxoma kabi kasal- liklarda, ko’z og’ir shikastlanganda va kuyganda, ko’rish nervi atrofiyasit kishi vaqtida davolanmasa, kur bo’lib qolishi mumkin. K.k.ning paydo bulish sababla- ri, davosi va oldini olish masalalarini oftalmologiya o’rganadi.