Kuchar, Kusan, Kuche, kucha
Kuchar, Kusan, Kuche, kucha -qad. tarixiy shahar va viloyat (mil.AV. 2 — mil. 10-a.). Torim vohasida joylashgan. “Kusan” atamasi mil AV. 2-a.da yozilgan Xitoy bitiklarida uchraydi. Unga ko’ra, ayni zamonda K.da yuksak madaniyatga ega bo’lgan davlat mavjud bo’lgan (q. Kuchar davlati.). Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, K.da odam yashayotganiga bir necha ming yillar bo’lgan. Viloyatda joylash- gan Chimbog’qabristonidagi bir ko’hna qabrdan mil. AV. 1-ming yillikka oid qora va qizil sopol idishlar, temir, mis, yog’och va suyaklardan yasalgan buyumlar to- pilgan. K. aholisining katta bir qismi savdo b-n shug’ullangan. K.liklar san’- atda, jumladan, uyin va gazalxonlikda mohir bo’lgan. Yozuv ishlari mahalliy va hind yozuvlarida olib borilgan. Manba-larning guvohligiga ko’ra, 2-3-ming yil -muqaddam K. atrofida “quyuq va sassiq hidli suyuqlik” oqib turadi- gan joy bo’lgan. Mahalliy xalq ulardan foydalanishgan. Keyinchalik ushbu buloq bo’lib oqib turadigan sassiq suyuqlik neft ekanligi aniqlangan. Hozir K. viloyati torim vohasidagi yirik zavo- naviy neft i. ch. maskaniga aylangan. K. shahri atrofida bir necha tarixiy Yodgor- liklar mavjud.