Kurmak

Kurmak (Echinochloa macrocopa Vasing) — boshoqdoshlar oilasiga man- sub begona o’t turkumi; uning 2 turi — sholisimon K. (devkurmak, govkurmak — E. oryzoides) va qora K. (shamak — E. crusgallii) turlari mavjud. Bu 2 tur bir yillik begona o’t, bo’yi 50-150 sm, po- yasi tik o’sadi, tsilindrsimon, bo’g’imli, bo’g’im oralari g’ovak, barglari oddiy, barg bandi uzun tukchalar b-n qoplangan, poyada g’ilof hosil qilib o’rnashadi. Gullari mayda, rangsiz, gulqo’rg’oni yo’q, to’pgullari ro’vak, so’ta, boshoq va panja- Simon tuzilgan bo’ladi. Devkurmak Uzoq Sharq, O’rta Osiyoda sholi ekinzorlarida o’sadi, sholi b-n barobar etiladi. Doni tariqdan yirik, urug’ini sholidan ajra- tib olish qiyin. Shamak esa, cho’l, adir, tog’hududlarida qurg’oqchilikka chidamli ekinlar orasida, sernam erdarda, aso- san, ariq bo’ylarida, ekinlar orasida uchraydi. Iyun — sent. oylarida gullab, urug’laydi. Kurash choralari : urug’likni don to- zalash mashivalarida tozalash, dala atro- fidagi begona o’tlarni yo’qotish; almash- lab ekish, chirigan go’ngdan foydalanish; gerbitsidlarni qo’llash.