KO’PELYASIYA
KO’PELYASIYA (Frans. coupelle — tog’oracha, ajratish pechi) — asl metallar (oltin, kumush) ni qo’rg’oshindan, uni OK- sidlab eritish yo’li b-n ajratish. K.da qo’rg’oshin va b. asl bo’lmagan metallar yuqori t-Rada havodagi kislorod b-n en- gil oksidlanadi, bunda asl metallar o’zgarmay qoladi. Probirka va Metallur- giya usullari bor. Probirka analizida K. metallning probasi (qotishmasidagi miqdori)ni belgilashda qo’llaniladi. Bunda K. o’tga chidamli g’ovak materiallar (suyak kuli, magnezit va b.) dan tayyorlan- gan tog’orachada 850-900° t-Rada amalga oshiriladi. Metallurgiyada qo’rg’oshin b-n qotishmada bo’lgan asl metallarni alangali pechlarda 1000° t-Rada ajratib olinadi. Bunda pech tubidan kislorod puflanishi natijasida qo’rg’oshin va noasl metallar oksidlanadi. Oksidli aralashmalar eritma sirtidan maxsus idishlarga oqib tushib, pech tubida esa asl metallar qoladi.