Kulsum

Kulsum, Ummu Kulsum, asli ismi Fotima Ibrohim (1906, Misrdagi As- Sanbalavin tumani — 1975.3.2, Qohira) — xonanda, Arab estrada xo-vandalik san’ati asoschisi. 1918 y. dan atoqli xonanda Abul Aldan ta’lim olgan. Arab musiqa in-ti qoshidagi musiqa ansamblida (1926 y.dan) va Qohira ra- diosida (1937 y.dan) yakka-xon xonanda. 1936-46 y.larda musiqali filmlarda qatvashgan. Arab musi-qachilari uyush- masining asoschisi va raisi (1943-53). 1967 y.da uning ta-shabbusi b-n Misr ayollari xalq fronti tashqil etilgan. K. 20-a. boshida xonanda ayollar ichida keng tarqalgan Bach-kana, sayoz qo’shiqlardan voz kechib, Arab maqam va muvashshaxlar- ning mu-rakkab yo’llarida ijod qilgan. Yoqim-li, shirador, nozik tembr va baquvvat ovozi, yuksak mahorati b-n ayt- gan qo’shiqlarning dovrug’i oldin Misr shaharlarida, keyinchalik butun Arab olamiga keng tarqaldi. Shu bois u “Kav- kab ush-Sharq” (“Sharq yulduzi”) no-miga sazovor bo’ldi. Shayx Zakariya Ahmad, Riyod as-Sanbotiy, Sayyid Makkaviy, Muhammad Abdulvahob kabi bastakor- lar b-n birgalikda K. kashf etgan yangi xonandalik uslubida Arab an’anaviy musiqa yo’nalishlari zamo-naviy tus ol- gan; uning repertuaridagi ishqiy-lirik, sufiy-falsafiy, va-tanparvarlik ruhidagi asarlar 20-a. Sharq Estrada san’atining yorqin va-muvalariga aylan- gan. Zokirjon Oripov.