“Ko’k ko’ylak”

“Ko’k ko’ylak” — tashviqot Jan- ridagi estrada-teatr tomoshasi. “Jonli gazeta” asosida tashkil bo’lib, 1920— 30 y.lar keng tarqalgan. Qatnashchilar sahnaga ko’k ko’ylak kiyib chiqqanliklari uchun “K.k.”deb nom olgan. “K.k.”chilarga sahna, dekorasiya, grim va alohida libos- ning hojati yo’qligi uchun tomoshalar klublar, z-D va f-ka, o’quv yurtlarida, shahar maydonlari va dala shiyponla- rida ko’rsatilgan. Dasturlari dolzarb mavzularga bag’ishlangan adabiy-badiiy montajlar, badiiy o’qish, intermediya, xor, raqslardan iborat bo’lgan. O’zbekistonda “K.k.”jamoalari, aso- san, klublar va o’quv yurtlari qoshida tuzilgan. 1925 y. O’rta Osiyo un-ti, Toshkent to’qimachilik kombivati va b. joylarda “K.k.”jamoalari faoli- yat ko’rsatgan. O’zbek “K.k.”to’garaqlari tashkilotchilaridan biri Ali Ardobus bo’lib, u Narimonov nomidagi Toshkent ped. bilim yurti qoshida, keyinchalik esa Samarqandda 75 kishilik “K. k.”jamoa- sini tashkil etdi. 20-y.larning 2-yarmi- dan Qo’qon, Namangan, Andijon, Jizzax, Qarshi va b. vdaharlarda ham “K.k.”ja- moalari tashkil bo’ldi. Ishtirokchilari o’qituvchi va o’quvchilardan tashkil top- gan bo’lib, ular Hamza, G’ulom Zafariy, So’fizoda va b.ning asarlarini ijro etishgan. 30-y.lar oxiriga kelib, Pro- fessional teatrlar ko’paya boshlagach, “K. k.”jamoalari tarqalib ketgan. Mamajon Rahmonov.