Kro’zenshtern Ivan Fyodorovich
Kro’zenshtern Ivan Fyodorovich (1770.8.11, Xagudi, Estoniya — 1846.12.8, Tallin) — rus dengizchisi, admiral (1842), Peterburg faning faxriy a’zo- si (1806). 1802 y. dunyo aylana birinchi rus ekspedisiyasiga (1803-06) boshliq qilib tayinlangan. Ekspedisiya tar- kibidagi “Nadejda” (komandiri K.) va “Neva” (komandiri yu.Lisyanskip) kemalari 1803 y. 7 AV-g.da Kronshtad- tdan chiqib, 1804 y. martda Gorn bur- nini aylanib o’tgach, Ganayi o.larigacha birgalikda so’zdilar. Bu erdan “Neva” Novoarxangelsk tomon, “Vadejda” esa Kamchatkaga, so’ng Yaponiyaga ketdi. 1806 y. ekspedisiya Hind va Atlantika oke- anlari orqali Kronshtadtga qaytib kel- Di. Sayoxat davrida birinchi marta keng miqyosda okeanografiya va meteorologi- yaga oid tadqiqot ishlari o’tkazildi. K. Kuril o.larining bir qismi, Saxalin va Kamchatka sohillari, Yaponiyaning ayrim orollari tabiatini o’rgandi. K. sayohat tafeilotlarini, okeanologiya va etnografiya sohasidagi tadqiqot vatija- larini 3 jildli “Nadejda” va “Neva” kemalarida 1803, 1804, 1805 va 1806 yillardagi dunyo bo’ylab sayohat” (1909— 12, 2-nashri, 1950) asarida bayon qilgan. K. 1823-26 y.larda 2 jildli “Janu- biy dengiz atlasi” asarini nashrdan chiqardi. K. nomigatinch okeandagi bir necha geografik ob’ektlar (bo’g’oz, Orol, tog’va b.) qo’yilgan. Ad.: Nevskiy V.V., Pervoe puteshe- stvie rossiyan Vokrug Sveta, M., 1951.