KOERSITIMETR

KOERSITIMETR – ferromag- nit materiallarning koersitiv kuchini o’lchaydigan qurilma. Materialning mag- nitlanganligi bo’yicha koersitiv kuchi- ni o’lchaydigan K. ko’p tarqalgan. Bunday K.ning ishi tekshirilayotgan material namunasining magnitlanganligiga (mas, magnitlovchi g’altakda), uning magnitsiz- lanishiga (g’altak orqali o’zgarmas tok o’tishi) va namunaning magnitlanganligi nolga teng bo’lgan holatini ferrozond (yoki boshqa asbob) yordamida aniqlanishga asoslangan. Namunaning magnitlanishi nolga teng bo’lgan holatga mos keluvchi g’altakdagi tokning qiymatiga qarab mag- nitsizlanayotgan maydon kuchlanganli- gi Ht, ya’ni koersitiv kuch aniqlanadi. 2-rasmda elektrodinamik K. sxemasi berilgan. Bunda o’kda aylana oladigan ramka 2 li elektrodinamik sistema 1 indikator bo’ladi. Manba ,?dagi tok re- ostat 4 va milliampermetr 5 dan ramka 2 ga boradi. Manba 7 dagi tok esa rheostat 8 va ampermetr 9 dan g’altak 6 orqali o’tadi. G’altakka joylashtirilgan namu- na 6 g’altakning magnit maydoni ta’si- rida magnitlanadi va g’altakdagi magnit maydoni nolga teng bo’lganda indika- tor namunadagi qoddiq magnitlanishni ko’rsatadi. G’altakdagi magnit maydo- nining yo’nalishini o’zgartirib qoldiq magnitlanish yo’qotiladi, bundagi mag- nit maydon kuchlanganligi nk koersitiv kuch bo’ladi. K. ferromagnit material- lardan tayyorlangan buyumlarning magnit tuzilishini tahlil qilishda, elektr va radioapparatlarning qismlarini mag- nit jihatdan nazorat qilishda ishlati- ladi.