Kontrataka
Kontrataka (Frans. contreattaque), qarshi hujum — jang olib borayotgan yoki mudofaada turgan qo’shin qismlari tomonidan ularning saflarini buzib ancha ichkariga suqilib kirishga muvaffaq bo’lgan dushman kuch- lariga qarshi, ularni tor-mor etish, il- Gari qo’ldan boy berilgan taktik vaziyat- ni qayta tiklash maqsadida amalga oshi- riladigan shiddatli qarshi hujum. K. mudofaada turgan qo’shinlar faolligini belgilovchi jihat bo’lib, aksar hollarda ikkinchi qatordagi hamda zahirada turgan harbiy kuchlar ishtirokida o’tkaziladi. Qayta hujumga o’tgan qismlar qo’shinda mavjud jangovar o’t ochish qurollari tomonidan qo’llab-quvvatlanib turadi. O’z zahira qismlarini berilgan zarba- ni yanada mustahkamlash uchun tashlashga ulgurmagan g’anim kuchlariga nisbatan kuchli hamla qilish ko’p hollarda K.ning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.


