Konsalting
Konsalting — maxsus kompa- niyalarning iqtisodiy, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, firmalarni tashqil qilish va ro’yxatdan o’tkazish, tovarlar va xizmatlar bozorlarini, innovasiyalarni tadqiq etish va prognozlashga oid masa- lalarda maslahatlar, tavsiyalar berish- dan iborat faoliyati. K. kompaniyalari bozor (tovarlar, xizmatlar, lisenziyalar, nou-xau va b.)ni o’rganish, prognozlar berish, jahon tovar bozorlaridagi narx- navolarni, xalqaro hamkorlik ob’ektla- rini texnik-iqtisodiy asoslashni ish- lab chiqish va qo’shma korxonalar tashqil etish va b. bo’yicha o’z xizmatini taklif etadi. K. firmalari maslahat xizmati- ning ayrim sohalari bo’yicha ixtisosla- shishi mumkin. Yangi tashqilotni tashqil qilishda ta’sis hujjatlari majmuini tayyorlash ham K.ga kiradi.




