Konkresiyalar

Konkresiyalar (lot. Concretio -qo’shilib ketish, o’sish, quyuqlanish) — kimyoviy tarkibi va shakliga ko’ra, o’zi joylashgan jinsdan farqlanuvchi va diagenezda yuzaga keluvchi cho’kindi tog’ jinslaridagi yoki hoz. cho’kindilardagi dumaloq shaklli mineral hosilalar. K. bir yoki turli minerallar agregatlari- dan iborat bo’lib, diametri bir necha mm dan o’nlab sm gacha etadi. K., asosan, fos- forit, pirit, markazit, ba’zan siderit, barit kabi minerallardan tashqil topa- Di. Organik qoldiqlar atrofida tarqoq mineral moddalarning to’planishidan hosil bo’ladi. K. turli geologik davr qatlamlarida va hoz. zamon ocean cho’kindilarida ruda to’plamlarini shak- llantiruvchi temir va marganes oksidla- ri K. keng tarqalgan.