Ko’kat to’siq, ko’kat devor,chetan
Ko’kat to’siq, ko’kat devor,chetan — bog’, ko’chatzor, yo’l, gulzor, xiyobon- larni qor, qum bosishi, mol payhon qilishidan himoyalash, shuningdek, ko’cha va xiyobonlar manzarali bo’lishi uchun ularning chetiga qator qilib zich ekil- gan buta yoki daraxtlar. K.t. hosil qilish uchun bo’yi bir tekis qalamchalar (ba’- zan shox-shabba chiqarganlari ham) 1-3 qator ekiladi. K.t. o’simliklari tabiiy holda qoldiriladi yoki vaqt-vaqti b-n qaychilab, tekislab turiladi. Bal. 1m gacha bo’lgan K.t. past bo’yli, mayda va ser- barg, sekin o’sadigan butalar (irg’ay, bio- ta va b.)dan 1 — 3 m balandlikdagi K.t. o’rtacha va baland bo’yli butalar, ba’zi da- raxtlar (do’lana, uchqat va b.) dan, 3 m.dan baland K.t.lar esa alohida o’sadigan da- raxt va butalar (Buk, qoraqarag’ay, terak, archa va b.)dan barpo etiladi.