Kyuve (Cuvier) Jorj

Kyuve (Cuvier) Jorj (1769.23.8, Monbelyar, Elzas — 1862.13.5, Pa- Rij) — frantsuz tabiatshunosi. Parij FA (1796 y.dan) va Frantsiya akademiya- si (1818 y.dan) a’zosi, davlat arbobi. K. solishtirma anatomiya, paleontolo- giya va hayvonot dunyosi sistematikasi b-n shug’ullangan. K. hayvonlar tanasi, xususan, nerv sistemasi tuzilishining o’xshashligi asosida hayvonot dunyosi sha – jarasi to’g’risidagi ta’limotni yaratdi. Organlar tuzilishini o’rganishda so- lishtirma anatomik printsipni qo’lladi; korrelyasiya hodisasini ochdi, ko’plab qirilib ketgan hayvonlarni tavsiflab berdi; zoologiyaga “tip” tushunchasini kiritdi. K. Erda hayotning rivojlanishi borasida o’zining metafizik katastro- falar nazariyasini ilgari surdi. Tirik tabiatning o’zgarishi to’g’risidagi J. Lamark va organizmlar tuzilishining o’xshashligi to’g’risidagi Sent-Iler ta’- limotlariga qarshi chikdi. K. ishlari evolyusion ta’limotnn yaratish uchun asos bo’ldi.