Ko’per (Cooper) Leon

Ko’per (Cooper) Leon (1930.28.2, Nyu-York) — amerikalik nazariyot- chi-fizik. Kolumbiya un-tini tugatgan (1951). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, past t-ralar fizikasi, o’ta o’tkazgich va fizika falsafasiga oid. 1956 y.da kristall panjarasining te- branishlaridan yuzaga keladigan o’zaro tortishish natijasida metalldagi erkin elektronlarning juft bo’lib birlashi- shi (Ko’per effekti) ni avvaldan aytib bergan. O’ta o’tkazuvchanlikning mikro- skopik nazariyasi mualliflaridan biri (1957). Nobel mukofoti laureati (1972; J. Bardin va J. R. Shrif-Fer b-n birga- likda).