Ko’ra

Ko’ra — Zakavkazedagi Daryo. O’z. 1364 km, havzasining mayd. 188 ming km2. Old Osiyo tog’ligining g’arbiy qismidan boshlanib, asosan, Gruziya va Ozarbayjon hududlaridan oqib o’tadi va Kaspiy dengiziga Delta (mayd. 100 km2) hosil qilib quyiladi. K. yuqori oqimida tog’lar orasidan shiddat b-n oqadi. Tbilisi sh.dan quyida K. vodiysi kengayadi. K. ning kuyilish joyidan 236 km yuqorida unga o’ngdan Araks daryosi quyiladi. Qor-yomg’ir va er osti suvlari- dan to’yivadi. O’rtacha suv sarfi 575 m3/ sek. Kuyi qismida kema qatnaydi. Suvi sug’orishga sarflanadi.Suvining bir qismi kanal orqali Araksga oqiziladi. K. da Zemo-Avchala, Mingechaur (suv om- borlari b-n) GESlari qurilgan. Daryo deltasida baliq ovlanadi.