Kursiy

Kursiy (Arab. — o’rindiq, taxt, ta-yanch) — Islom manbalarida Arshi a’- Loning ikkinchi nomi, 7 qanat osmondan tashqari alohida 8-osmon ham tushunila- Di. Qur’onning Baqara surasidagi 255- oyat “Oyatal-Kursiy” deb nomlangan. Unda “Allohning Kursiysi eru osmonlardan ham kenglik qiladi”, degan ibora bor. Uning tafsirida ba’zi olimlar Arsh- ning keng va kattaligi eru osmonlarni o’z ichiga sig’dirgudek hajmda deb bilsa, ba’zilar eru osmonlar, ularning ichi va tashqarisidagi barcha narsalardan xa- bardor bo’lish Allohning ilmidir, deb hisoblaydi. Bu kabi bahslar Qur’ondagi ayrim oyatlar mazmuni Muhammad (sav) hadislarida tsharxlanmay qoldirilgani bois vujudga kelgan. Bunday holatda tafsir yozgan olimlar o’zlarining aql va fikrlari doirasida izoh berishlari ta- biiydir.