Ko’pala Yanka
Ko’pala Yanka (taxallusi; asl ismi Ivan Dominikovich Lusevich) [1882.25.6(7.7), Vyazinka, hoz. Minsk VI- loyati Molodechnensk tumani — 1942.28.6, Moskva] — Belorus xalq shoiri (1925), akad. (1928). Zavonaviy Belorus adabi- yoti asoschilaridan. Ijodi 1905 y.dan boshlangan. “Vay” (1908), “Cholg’uchi” (1910), “hayot yo’lidan” (1913) she’riy to’plamlari, “mangu qo’shiq” (1908), “Qo’rg’ondagi tush” (1910), “Arslonning kabri” (1913) dostonlari Belorus adabi- yotida muhim ahamiyat kasb etgan. “Nom- siz” (1924), “bayram kayfiyatlaridan” (1927) she’riy to’plamlari, “Odessa da- ryosi o’zra” (1933), “chin yurakdan” (1940) dostonlari va b. asarlar muallifi. K. she’riyati badiiy sodda va hayotiy. “PAV- linka” (1912), “bo’zilgan uya” (1913) pe- salari Belorus realistik dramaturgiyasi va millim teatr san’ati rivojiga sama- rali ta’sir ko’rsatgan. K. ukrain xalqi tarixi, folklori va adabiyotini yaxshi bilgan. 1928, 1932 -1939 y. lar Ukra- Inada yashagan. T. Shevchenkoga bag’ishlab asarlar yozgan (“Tarasning qismati”, 1939). Minskda K. nomida muzey (1945) bor, unga haykal o’rnatilgan (1949). “Bola va uchuvchi” (1953), “Erk qo’shig’i” (1983) she’riy kitoblari o’zbek tiliga tarjima qilingan.